Navbahorda jinoyat: 1700 AQSh dollari va 6.000.000 so‘m “cho‘ntakka urildi”

Navbahorda jinoyat: 1700 AQSh dollari va 6.000.000 so‘m “cho‘ntakka urildi”

O‘zbekiston Prezidenti SH.M.Mirziyoyev 2020 yil 24 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga yo‘llagan murojaatnomasida, “Sud ostonasiga qadam qo‘ygan har bir inson O‘zbekistonda adolat hukm surayotganiga to‘la ishonch hosil qilishi kerak” degan chuqur ma’noli so‘zlarni keltirib o‘tdi.

Bugungi kunda, sudlarda ko‘rilayotgan ishlarda, taraflarni murosaga keltirish, jabrlanuvchining buzilgan huquqlarini tiklash, unga yetkazilgan zararlarni to‘la undirish choralari ko‘rish, aybdor shaxslarga adolatli, qilmishiga yarasha jazo tayinlashga e’tibor qaratilmoqda.

Sudlanuvchi N.F. 2019 yil 5 yanvar kunidan 15 iyul kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, Navbahor tumanida yashovchi fuqaro D.G.ga, Koreya davlatiga ishga yuborishni va’da berib, ishonchiga kirib, uni aldab, uning jami 1700 AQSh dollari va 6.000.000 so‘m miqdordagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, ushbu pul mablag‘larini o‘zing shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborib, G.D.ga jami 20.515.451 so‘m moddiy zarar, 2019 yil iyun oyida Navbahor tumanida yashovchi fuqaro U.B.ga, unga tegishli bo‘lgan savdo do‘koniga oyna o‘rnatib berishni va’da qilib, uni aldab, B.U.ning 300 AQSh dollari miqdoridagi pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, ushbu pul mablag‘larini o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborib, B.Umarovaga jami 2.554.071 so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazgan.

Sud tomonidan, N.F. jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararlarni to‘liq qoplanganligini va jabrlanuvchilarning da’vosi yo‘qligini, muqaddam sudlanmagani va yoshligini e’tiborga olib, unga O‘zbekiston Respublikasi JK 168-moddasi 3-qismining “b” bandi bilan 3 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanib, sudlanuvchi sud zalidan qamoqdan ozod qilindi.

 

B.Farmonov, Jinoyat ishlari bo‘yicha

Navbahor tuman sudining devonxona mudiri

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!