NATO Turkiyani ko‘ndirishga harakat qilmoqchi

NATO Turkiyani ko‘ndirishga harakat qilmoqchi

Shimoliy Atlantika ittifoqi davlatlari Turkiyaning Shvesiya va Finlyandiyaning a’zoligiga doir e’tirozlarini bartaraf eta oladi. Bu haqda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg kecha, 15 may kuni Berlinda bo‘lib o‘tgan NATO Tashqi ishlar vazirlarining norasmiy uchrashuvi yakunida ma’lum qildi.

“Rasmiy Anqara “o‘z niyatlari a’zolikka to‘sqinlik qilish emasligini aniq aytdi”, degan Stoltenberg.

NATO Bosh kotibi Finlyandiya va Shvesiyaning Rossiyaning mumkin bo‘lgan harakatlari tufayli alyansga kirishi to‘g‘risida ariza berishdan yakuniy ratifikasiya qilishgacha bo‘lgan davr haqidagi xavotirini tushunishini bildirdi.

“Biz bu jarayonni imkon qadar tezlashtirishga harakat qilamiz. NATOga a’zo ko‘plab davlatlar tezlashtirilgan tartib topishlarini aytishdi”, deydi Stoltenberg.

NATO Bosh kotibi o‘tish davrida alyansning Shvesiya va Finlyandiyaga amaliy yordam ko‘rsatishi haqidagi savolga ehtiyotkorlik bilan javob berdi.

“Biz xavfsizlik kafolatlarini ta’minlash yo‘llarini ko‘rib chiqamiz, jumladan, NATOning Boltiqbo‘yi mintaqasida, Finlandiya, Shvesiya va uning atrofidagi ishtirokini oshirish orqali”, degan Stoltenberg.

Turkiya tomoni Xelsinki va Stokgolmning Turkiyada taqiqlangan kurd tashkilotlariga munosabatini nomaqbul deb hisoblaydi va ularning alyansga kirishiga ijobiy qaramayapti. O‘z navbatida, bu davlatlarning NATOga kirishi faqat barcha amaldagi a’zo davlatlarning bir ovozdan roziligi bilan mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!