NATO iste’fodagi uchuvchilarni Ukraina harbiylarini o‘qitishga jalb qilishi mumkin

NATO iste’fodagi uchuvchilarni Ukraina harbiylarini o‘qitishga jalb qilishi mumkin

NATOga a’zo mamlakatlarbir vaqtlar F-16 qiruvchi samolyotlarini boshqargan, hozir iste’fodagi xodimlarini ukrainalik uchuvchilarni tayyorlashga jalb etishi mumkin. Bu ma’lumotni amerikalik senator Lindsi Grem oshkor qildi.

Ayni masala Vladimir Zelenskiy va AQSh Kongressi delegasiyasining 6 sentyabr kuni Italiyada bo‘lib o‘tgan uchrashuvida muhokama qilingan.

– Suhbatimiz ustuvorligi aslahadan samarali foydalanish imkoniyatini oshirishga qaratildi, – dedi Grem Rada telekanalida chiqish qilib. – Shuningdek, qurolga qo‘yilgan cheklovni bekor qilish, jangovar uchuvchilarni tayyorlash maqsadida NATO davlatlaridan iste’fodagi F-16 mutaxassislarini jalb qilish haqida ham gaplashdik. Bu ukrainaliklar qiruvchi samolyot boshqaruvini tezroq o‘zlashtirishiga yordam bergan bo‘lardi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!