Namunali mahkumlardan tuzilgan polisiyaga ega mamlakat

Namunali mahkumlardan tuzilgan polisiyaga ega mamlakat

Avstraliyada 200 mingga yaqin turdagi hayvonlar yashaydi, ularning aksariyati endemik, ya’ni faqat cheklangan doira da yashovchi va endi sayyoramizning boshqa joylarida yo‘q.

Avstraliya Saudiya Arabistoniga tuya eksport qiladi.

Aholining zichligi bo‘yicha mamlakatlar ro‘yxatida Avstraliya 195 davlat ichida 193-o‘rinda. Bu yerda bir kvadrat kilometr maydonga 2,8 kishi to‘g‘ri keladi. Taqqoslash uchun, Monakoda 1 kvadrat km.ga 18 ming kishi to‘g‘ri keladi.

Viktoriyada faqat lisenziyaga ega bo‘lgan montyorlarga lampochkani almashtirishga ruxsat beriladi.

Avstraliyaning poytaxti Kanberra bo‘lib, u 1913 yilda ushbu maqsad uchun maxsus qurilgan. Ushbu qaror mamlakatning eng yirik shaharlari - Melburn va Sidney poytaxt bo‘lish huquqi uchun haqiqiy raqobatni boshlagandan so‘ng qabul qilindi.

Avstraliyaning tadqiqot agentligi dunyoga simsiz internetni sovg‘a qildi. Ushbu kashfiyot 1998 yilda amalga oshirilgan va shu kungacha avstraliyaliklar WiFi dan lisenziyasiz foydalanadigan har qanday kompaniyani sudga berishmoqchi.

Dunyodagi eng xavfli 10 ta tur ilon faqat Avstraliyada yashaydi. Bundan tashqari, butun sayyoramizning eng zaharli 25 ta iloni reytingida 20 ta Avstraliya iloni bor!

Avstraliya daryolaridan biri Hech qachon-hech qachon (Never-never) deb nomlanadi.

1859 yilda Avstraliyaga olib kelingan 24 ta quyon o‘n yil ichida 2 millionga yetdi.

Avstraliyaning birinchi polisiyasi 1788 yilda namunali mahkumlardan tuzilgan.

Avstraliya aholisining deyarli yarmi (12 million) uchta shaharda - Melburn, Sidney va Brisbenda yashaydi.

Avstraliya televizion oshpazlik dasturlarini juda yaxshi ko‘radi. Bir kuni bosh vazirlar saylovoldi teledebati MasterChef shousining finali tufayli qoldirilgan.

Avstraliyadagi kengurular soni aholidan ikki baravar ko‘p. Qit’ada 24 million kishi va 57 milliondan ortiq kenguru bor!

Dunyodagi eng uzun simto‘siqli devor Avstraliyada. U 8,5 ming kilometrga cho‘zilgan. Panjara Avstraliyaning bir qismini Dingo itlari yashaydigan joydan ajratib turadi.

Avstraliyada qattiq atrof-muhit nazorati mavjud – hatto poyabzal tagidagi tuproqni ham olib kirish taqiqlanadi. 

Saylovga kelmaslik va aholini ro‘yxatga olishda qatnashmaslik uchun mos ravishda 20 va 110 Avstraliya dollari miqdorida jarimalar qo‘llaniladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!