Namanganda motosikllar poygasi bo‘lib o‘tdi

Namanganda motosikllar poygasi bo‘lib o‘tdi
Namanganda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlab viloyat hokimi sovrini uchun motopoyga bo‘yicha viloyat birinchiligining 3-bosqich musobaqalari o‘tkazildi.
 
O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashi tomonidan o‘tkazilgan musobaqada tizimdagi texnik va amaliy sport turlari markazi jamoalari ishtirok etdi.
 
Umumjamoa hisobida Norin tumani o‘quv sport texnika klubi birinchi, To‘raqo‘rg‘on tumani vakillari ikkinchi, Namangan avtomobil maktabi jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.
 
G‘olib va sovrindorlar medal, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
 
Manba: uza.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!