Namanganda katta miqdordagi qalbaki dorilar sotilishining oldi olindi

Namanganda katta miqdordagi qalbaki dorilar sotilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop tumani bo‘limi tomonidan DXX va tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Namangan-Sherobod” YPX nazorat maskanida fuqaro A.I.ning boshqaruvida bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtomashina to‘xtatilganida, uning yukxonasida fuqaro A.S.ga tegishli 1.200 kassetada 300 mg.lik umumiy qiymati 237,8 mln. so‘mlik qalbaki “REGAPEN” nomli dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan A.I., A.S. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!