Namanganda haydovchi ayol, dugonasi va yana qator ayollar YHXB xodimlariga qarshilik ko‘rsatdi

Namanganda haydovchi ayol, dugonasi va yana qator ayollar YHXB xodimlariga qarshilik ko‘rsatdi

Namangan shahrida qora rangdagi Lexus avtomashinasining haydovchisi bir necha kun avval oldin davlat raqamisiz harakatlanayotgan vaqtda Namangan viloyati IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan to‘xtatilgan. Ammo ayol haydovchi to‘xtatish ishora belgisiga bo‘ysunmay harakatni davom ettirgan.

Kuni kecha mazkur avtomashinaning orqa va yon oynalari qora parda bilan jihozlanganligi sababli yana to‘xtatilgan. Biroq haydovchi har galgidek YHXB xodimlariga bo‘ysunmagan.

Shunda, YHXBning qo‘shimcha guruhlari safarbarlik qilindi va natijada atomashina harakati to‘xtatildi. Xodimlar tomonidan haydovchining hujjatlari tekshirilganda yetarli kamchiliklar aniqlandi va avtomashinani jarima maydonchasiga tortishga ko‘rsatma berildi.

Biroq, haydovchi va uning yonidagi yo‘lovchi dugonasi xizmat vazifasini bajarayotgan davlat xodimlariga qo‘pol muomalada bo‘lib, bo‘yruqqa bo‘ysunmay, ularni haqorat qilib qarshilik ko‘rsatdilar.

Hamda soha xodimlariga qarata avtomashinani yurgazishga urindilar. Tez orada voqea joyiga haydovchining yaqin karindoshlari yetib kelib, YHXB xodimlariga to‘sqinlik qildilar.

Ushbu shaxslarning tomonidan tashkil etilgan noqonuniy harakatlariga qaramay, avtomashina Namangan shahar jarima maydonchasiga tortildi.

Namangan viloyati IIB xabariga ko‘ra, hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!