Namanganda ayollarning ro‘mollariga ko‘z olaytirganlar qo‘lga tushdi

Namanganda ayollarning ro‘mollariga ko‘z olaytirganlar qo‘lga tushdi

2019 yil 11 aprelga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar Namangan shahri Chorsu mahallasida joylashgan Zulayxo sanoat savdo MCHJga qarashli binoning yerto‘lasi eshigini buzib kirib, u yerdan fuqaro I.I.ga tegishli umumiy qiymati 80 mln. so‘mlik ayollar ro‘mollarini o‘g‘irlab ketganlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahar Sanoat mahallasida yashovchi SH.SH., Go‘zal mahallasida yashovchi M.U. va Xaqiqat mahallasida yashovchi N.B.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!