Namanganda avtobus ag‘darilib ketdi, jarohatlanganlar bor

Namanganda avtobus ag‘darilib ketdi, jarohatlanganlar bor

Shu yil 29 oktyabr kuni Namangan viloyatining Chortoq tumanida yashovchi B.M. boshqaruvida bo‘lgan “Isuzu” rusumli avtobusini “Namangan-Chortoq” yo‘lining 38-km.da haydab ketayotib, avtobus old chap tomon ressori sinib ketishi natijasida boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilib, avtobus yonboshlab qolgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada avtobus yo‘lovchilaridan biri nafari jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va yana ikki nafariga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilib, uylariga javob berilgan.

Avtobusning qolgan 12 nafar yo‘lovchisi voqea joyida shifokorlar tomonidan nazorat tariqasida tekshirilib, sog‘-salomatligi tufayli uylariga ruxsat berilgan.

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!