Namanganda 8 yoshli bola 1 yashar singlisini kuydirib qo‘ydi
2019 yil 18 aprel kuni Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi o‘rta maktabning 1-sinf o‘quvchisi 8 yoshli A.T. nazoratsiz qolishi oqibatida hovlisida turgan yelim idishda bo‘lgan propan gaz suyuqligi qopqog‘ini ochib gugurt chaqib yuborishi oqibatida alanga hosil bo‘lib o‘zi va shu yerda bo‘lgan, 1 yashar singlisi kuyish jarohatlari olib kasalxonaga yotqizilganlar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Hurmatli fuqarolar yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanishda texnika xavfsizligiga rioya qiling va farzandlaringizni nazoratsiz ulardan foydalanishiga yo‘l qo‘ymang.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)