Namanganda 7 nafar fermerga noqonuniy qaror qo‘llangan

Namanganda 7 nafar fermerga noqonuniy qaror qo‘llangan

Namangan tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi 7 nafar fermer xo‘jaligi rahbariga nisbatan noqonuniy qaror qabul qilgan. Bu haqda "Turon 24" Adliya vazirligi axborot xizmatiga asoslanib xabar berdi.

Bu holat Namangan tuman adliya bo‘limi yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi faoliyatini o‘rganganida aniqlangan.

Ta’kidlanishicha, davlat yer kadastri qoidalarini buzgan deb Namangan tumanidagi “Saxovat kumush tolasi” fermer xo‘jaligi rahbari Q.Qo‘chqorovaga nisbatan 516 720 so‘m ma’muriy jarima qo‘llangan. Aslida tadbirkorlik sub’ektlarining mansabdorlari sodir etgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Shunga ko‘ra Namangan tuman adliya bo‘limi yuqoridagi noqonuniy qarorlarni bekor qilish yuzasidan tuman ma’muriy sudiga ariza kiritdi hamda Namangan tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limining 7 ta noqonuniy qarori bekor qilindi.

Shuningdek, fermerlarga belgilangan jarimalarni majburiy tartibda undirishga oid ijro hujjatlari ham bekor qilinib, ular jarima to‘lashdan ozod etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!