Namanganda 62 yoshli ayol koronavirus qurboni bo‘ldi

Namanganda 62 yoshli ayol koronavirus qurboni bo‘ldi

Namangan viloyati Namangan shahrida yashagan 62 yoshli J.SH. (ayol)da “COVID-19” tasdiqlangach, u viloyat yuqumli kasalliklari shifoxonasiga yotqizilgan.

 Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. 

Shuningdek, bemor qandli diabet (II tip, insulinga muhtoj shakli), bronxial astma kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

20 iyul kuni bemorning ahvoli og‘irlashib, unga o‘pka-yurak reanimasiyasi o‘tkazilgan hamda sun’iy nafas berish apparatiga ulangan.

Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

Biroq asosiy kasallik asoratlari hisobiga bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimasion choralar samara bermay, u o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!