"MYu"da mavsum davomida rekord darajada jarohatlar kuzatildi

"MYu"da mavsum davomida rekord darajada jarohatlar kuzatildi

"Manchester Yunayted"ning hujumkor yarim himoyachisi Antoni Angliya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan "Bornmut"ga (2:2) qarshi o‘yinda jarohati sabab ishtirok etmadi.

Qayd etilishicha, bu "qizil iblislar"ning joriy mavsumdagi 57-jarohatidir. Braziliyalik legionerning tiklanish muddati hozircha noma’lum.

Antoni 2022 yilning yozida Niderlandiyaning “Ayaks” klubidan 95 million yevro evaziga Manchester klubiga ko‘chib o‘tgan.

O‘shandan beri vinger "Manchester Yunayted"ning 77ta o‘yinida qatnashib, o‘nta gol va beshta golli uzatmani amalga oshirgan.

Uning hozirgi bozor qiymati 28 million yevroga baholanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!