Musulmonlarga qarshi bo‘lgan siyosatchi nega islom dinini qabul qildi?

Musulmonlarga qarshi bo‘lgan siyosatchi nega islom dinini qabul qildi?

Niderlandiyada oldin musulmonlarga qarshi bo‘lgan siyosatchi islom dinini qabul qildi, deb yozmoqda Euronews.

Niderlandiyalik sobiq millatchi Yoram van Klaveren islom dinini qabul qildi. Van Klaveren 2010 - 2014 yillar davomida millatchilar partiyasi a’zosi bo‘lgan va musulmonlarni keskin tanqid qilgan. Islom dini yolg‘on, Qur’on bu zahar degan chiqishlar qilgan.

Keyin u islom dini haqida kitob yozishga kirishgan. Ushbu jarayonda siyosatchi islom dini haqida o‘zi uchun ko‘plab kashfiyotlar qilgan va uning dunyoqarashi o‘zgargan .

Van Kleveren jurnalistlarga aytishiga qaraganda, oldin u ko‘p narsadan bexabar va nohaq bo‘lgan. Shuingdek o‘z partiyasining mafkura chizig‘i doirasida ish qilgan.

Niderlandiyada millatchi siyosatchilar islom diniga o‘tishiga bu birinchi misol emas. 2013 yilda aynan ushbu partiyaning yana bir a’zosi Arno van Doorn ham islom dinini qabul qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!