Mushtumzo‘r talonchi ushlandi

Mushtumzo‘r talonchi ushlandi

Kecha, 10 oktyabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida talonchilik hodisasi ro‘y berdi. Fuqaro o‘z tanishini tunab ketdi.
 
Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida yashovchi B.A. tanishi M.N.ni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitgan hamda uning sumkasini tortib olgan. Qayd etilishicha, sumka ichida 6 million 600 ming so‘m pul va Nokia mobil telefoni bo‘lgan.
 
Ko‘rilgan choralar natijasida B.A. o‘sha kunning o‘zida ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: qalampir. com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!