Mo‘g‘uliston tajribasi asosida echkichilik yo‘lga qo‘yiladi

Mo‘g‘uliston tajribasi asosida echkichilik yo‘lga qo‘yiladi

Joriy yilning 23-26 iyun kunlari Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘lgan edi.

Toshkentda o‘tgan oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida barcha sohalarda hamkorlikni kengaytirish, xususan, chorvachilik yo‘nalishida ham aloqalarni yaxshilash bo‘yicha kelishuvga erishilgandi.

Mazkur yo‘nalishdagi amaliy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasida Mo‘g‘ulistonning O‘zbekistondagi elchisi Daadanxuu Batbaatar boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deyiladi qo‘mita matbuot xizmati ma’lumotida.

Uchrashuvda Mo‘g‘ulistonning zotdor echkichilik va qo‘ychilik yo‘nalishidagi tajribasi, mavjud naslli zotlar, ularni O‘zbekistonda ko‘paytirish bo‘yicha iqlim va geografik jihatdan mos hududlar, tirik hayvonlarni olib kelishda logistika imkoniyatlari va naslchilik-seleksiyaga oid hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida qo‘mita vakillari hamda naslli echkilarni O‘zbekistonda ko‘paytirish bo‘yicha talabgor xo‘jalik vakillaridan iborat delegasiyaning Mo‘g‘ulistonga tashrifini tashkil etish hamda hududlarda muzokaralarni davom ettirishga kelishib olindi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 iyun kuni Mo‘g‘ulistonning Toshkent shahridagi elchixonasi ochilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!