Moskvadan Goaga uchayotgan samolyot Urganchga shoshilinch qo‘ndi

Moskvadan Goaga uchayotgan samolyot Urganchga shoshilinch qo‘ndi

Moskvadan Hindistonning Goa shtatiga uchayotgan samolyot joriy yilning 18 yanvar kuni kechqurun O‘zbekistonning Urganch shahriga qo‘ndi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, samolyotning AFL236 yo‘lovchi reysi yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan vaqtida mast holatda zo‘ravonlik qilgan yo‘lovchi sabab Urganch xalqaro aeroportidagi muqobil aerodromga kelib qo‘nishga majbur bo‘lgan.

Bortida 356 yo‘lovchi bo‘lgan Boeing 777-300 samolyoti mahalliy vaqt bilan 20:29 da favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan. Zo‘ravon yo‘lovchi reysdan olingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha kunning o‘zidayoq havo kemasi Urganchdan manzil aeroportiga parvozini davom ettirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!