Moskvada noqonuniy migrasiya ishi bo‘yicha 14 kishi hibsga olindi

Moskvada noqonuniy migrasiya ishi bo‘yicha 14 kishi hibsga olindi

Moskva viloyatida noqonuniy migrasiyani tashkil qilish, pora olish va berish bo‘yicha 14 nafar fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ulardan to‘rt nafari ichki ishlar vazirligi xodimlaridir, deya xabar beradi Tergov qo‘mitasi.

Ayblanuvchilar orasida Balashixinskoye shahar ichki ishlar boshqarmasi hududiy polisiya bo‘limi boshlig‘i, uning ikki qo‘l ostidagi xodimi va stajyor ham bor.

1 million rubldan ortiq pora evaziga ular Reutov va Balashixa shaharlarida 1500 dan ortiq xorijliklarni migrasiya propiskasi bilan ro‘yxatga olishgan.

Keyinchalik esa, muhojirlar ular tomonidan rus tilini bilish haqidagi soxta sertifikatlar va boshqa zarur hujjatlar berilishi ta’minlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!