Moskva yaqinidagi Balashixadagi yong‘inda 5 kishi halok bo‘ldi

Moskva yaqinidagi Balashixadagi yong‘inda 5 kishi halok bo‘ldi

Moskva yaqinidagi Balashixa shahrida yong‘in oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

«Keramik mikrorayonida yong‘in turar-joy binosining 40 kvadrat metr maydonini qamrab olgan. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari 8 kishini evakuasiya qildi, ulardan 2 nafari bolalar. 2-qavatdagi yonayotgan xonadondan 5 kishining jasadi topildi», — deyiladi xabarda.

Rossiya ommaviy axborot vositalarining tezkor xizmatlarga tayanib yozishicha, ikki qavatli turar-joy binosida yong‘in kelib chiqishiga elektr tarmog‘ining avariyali ishlashi sabab bo‘lgan. Yong‘in ikkinchi qavatda joylashgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva viloyati bo‘yicha Bosh tergov boshqarmasining Balashixa shahri bo‘yicha tergov boshqarmasi yong‘in bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!