Modi Moskvaga boradi

Modi Moskvaga boradi

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi hamkorlik masalasini muhokama qilish uchun Moskvaga boradi.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi hamkorlik masalasida muzokaralar olib borish uchun Moskvaga boradi. Bu haqda Hindiston nashrlari tarqatgan xabarlarga asoslanib, CNN xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Narendra Modi Kreml qo‘shinlari Ukrainaga bostirib kirgandan beri ilk Rossiyaga tashrif tashrifini amalga oshiradi. Tashrifda Moskva va Dehlining o‘sib borayotgan aloqalariga oid mavzular muhokama qilinishi aytilgan.

Kreml matbuot kotibi Yuriy Ushakov Hindiston bosh vaziri tashrifini tasdiqlagan. Mokvada oliy darajadagi tashrifga tayyorgarlik ko‘rilayotgani aytilgan. Modining Moskvaga kelish sanasi tez orada ma’lum qilinishi aytilgan.

“Tasdiqlashim mumkinki, biz Hindiston bosh vazirining tashrifiga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Sanalar haqida hozircha ayta olmayman, chunki sanalarni tomonlar kelishilgan holda e’lon qilishadi. Lekin biz faol tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Va bu tashrif albatta amalga oshadi”, — deyiladi Kreml matbuot xizmati kotibi Ushakov xabarida.

Narendra Modi so‘nggi marta 2019 yilda Rossiyaga tashrif buyurgan. O‘shanda ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiy va harbiy hamkorlikka chaqiruvchi kelishuvlar imzolangan edi.

Rossiya va Hindiston rahbarlarining so‘nggi yuzma-yuz ko‘rishuvi esa 2022 yilda SHHT sammiti doirasida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan edi. Tor doiradagi suhbatda Putin va Modi o‘zaro hamkorlikning ayrim jihatlarini muhokama qilish bilan cheklangan.

Bir guruh tahlilchilar Hindiston yetakchisi tashrifidan maqsad BRICSdagi aloqalarni kuchaytirish bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Hozirchalik Moskva ham Nyu-Dehli ham bo‘lajak uchrashuv tafsilotlarini ochiqlamagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!