Moderna vaksinasi narxi aniq bo‘ldi

Moderna vaksinasi narxi aniq bo‘ldi

AQShning Moderna farmasevtik kompaniyasi rahbari Stefan Bansel Welt am Sonntag nashriga bergan intervyusida o‘z vaksinasi narxini ma’lum qildi. Banselning ta’kidlashicha, kompaniya xaridor davlatlardan bir doza vaksina uchun 25 dollardan 37 dollargacha so‘raydi.

Moderna rahbarining ta’kidlashicha, kompaniya Yevropa ittifoqiga vaksina yetkazish bo‘yicha kelishuv tuzishga yaqin turibdi.

“Og‘ir bemorlarda koronavirusni davolash sog‘liqni saqlash tizimiga qancha pulga tushishini hisobga olsak, bu adolatli narxdir”, deb aytgan Bansel.

Vaksina narxi buyurtma hajmiga ko‘ra o‘zgaradi. Banselning ta’kidlashicha, kompaniya yil oxirigacha 20 mln doza vaksina ishlab chiqarmoqchi va undan kichik hajmini Yevropaga taqdim qiladi. 

“Hozircha hech qanday hujjat imzolanmagan, biroq biz bunday kelishuvning Yevrokomissiya bilan tuzilishiga yaqin turibmiz. Biz Yevropani vaksina bilan ta’minlamoqchimiz va bu borada sermahsul muzokaralar olib bormoqdamiz”, deb ta’kidlab o‘tgan Bansel. Uning aytishicha, Bryussel bilan muzokaralar yakunlanish arafasida va masala bir necha kun ichida hal bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!