«Miss Ostona — 2018» tanlovida 17 yoshli qiz g‘olib bo‘ldi (foto)

«Miss Ostona — 2018» tanlovida 17 yoshli qiz g‘olib bo‘ldi (foto)

«Miss Ostona — 2018» unvoni 17 yoshli Yerkenaz Seyfullaga nasib qildi. Bu haqda «Tengrinews» xabar berdi.

Erkenaz «Dizayn» mutaxassisligi bo‘yicha Qozog‘iston Texnologiya va biznes universitetida tahsil oladi.

Birinchi vise-miss unvoni 22 yoshli Aleksandra Beglovaga nasib qildi. U «Naz» davlat raqs teatrida faoliyat yuritadi. Ikkichi vise-miss unvoniga 21 yoshli Saniya Mergaliyevaga sazovor bo‘ldi. U Qozog‘iston davlat yuridik institutida tahsil oladi. Uchinchi vise-miss deb Diana Idrisova tan olindi. U bugun 22 yoshni qarshi olgan bo‘lib, u ham yuridik universitet talabasi.

«Miss Ostona—2018» tanlovi g‘olibi «Miss Qozog‘iston—2018» tanlovida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Shuningdek, g‘olibga Yevropa mamlakatlaridan biriga sayohat sovg‘asi topshiriladi.

Poytaxtning eng go‘zal qizi nomi uchun finalda 20 nafar qiz kurash olib bordi. Ishtirokchilar bir qator sport, ijtimoiy va xayriya tadbirlarida ishtirok etdi.

Bu yil asosiy e’tibor ishtirokchilarning ona tomonidan kelib chiqishiga qaratildi. Qizlar onasi tomoni avlodi haqida hikoya qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!