Milliy gvardiya katta miqdordagi talonchilikning oldini oldi

Milliy gvardiya katta miqdordagi talonchilikning oldini oldi

Joriy yilning 22 may kuni soat 09:15 larda, Milliy gvardiya Navoiy viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi Navoiy shahar Qo‘riqlash bo‘limi tomonidan qo‘riqlanayotgan, "Navoiyazot"AJ ishlab chiqarish korxonasining, markaziy avtotransport vositalarini kirib-chiqishini nazoratdan o‘tkazish joyida xizmat olib borayotgan, qo‘riqlash xodimlari tomonidan, korxona hududidan chiqayotgan noma’lum shaxs boshqaruvidagi "ZIL-130" rusumli yuk avtomashinasi to‘xtatilib saloni va yukxonasi ko‘zdan kechirilganda, hech qanday hujjatlarsiz g‘ayriqonuniy ravishda "Navoiyazot" AJga va Xitoy Xalq Respublikasining "SNINA CAMCE ENJINEERING CO, LTD" kompaniyasiga tegishli bo‘lgan turli xil o‘lchamdagi metalldan yasalgan ehtiyot qismlarni olib chiqayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Dastlabki surishtiruv natijasida ushbu shaxs 1991 y.t. Navoiy viloyati Karmana tumanida yashovchi, "Navoiyazot" AJ ning sexlaridan birida haydovchi bo‘lib ishlovchi fuqaro J. B. ekanligi aniqlandi.

Voqea joyiga Navoiy shahar IIO FMB tergov-tezkor guruhi chaqirtirilib, ushbu shaxs daliliy ashyolar bilan o‘rnatilgan tartibda topshirildi.

Dastlabki surishtiruv natijasida ushbu shaxs 1991 y.t. Navoiy viloyati Karmana tumanida yashovchi, "Navoiyazot" AJ ning sexlarining birida haydovchi bo‘lib ishlovchi fuqaro J. B. ekanligi, aniqlangan ehtiyot qismlarning umumiy bahosi "Navoiyazot" AJ tomonidan berilgan xatga asosan ( 600 mln) so‘mni tashkil qilishi ma’lum bo‘ldi. Hozirda holat yuzasidan Navoiy shahar IIO FMB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!