Metroda nega o‘ziga xos hid taraladi?

Metroda nega o‘ziga xos hid taraladi?

Toshkent metropoliteni dunyodagi eng chiroyli metrolardan biri hisoblanadi. Metro bekatlarining bezaklari bir-birini aslo takrorlamaydi. Ularda aks etgan suratlarni haqiqiy san’at asari deyish mumkin.

Kundalik hayotimizda har birimiz metroga tushib yoki metroga yaqin yurib, o‘ziga xos hidni his qilamiz, qizig‘i bu hidni deyarli hech narsa bilan aralashtirib bo‘lmaydi. Metrodan nima sababdan o‘ziga xos hid taraladi?

“Metropolitenning hidi shpallardan keladi, ular chirishga yorilishga va qurt-qumursqalarning yog‘ochni teshib tashlashga yo‘l qo‘ymaslik uchun kreozot (fenol smolaning aralashmasi) bilan ishlanadi” – deb izoh beradi Toshkent metropoliteni unitar korxonasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi yetakchi mutaxassisi Ilhomjon Qosimov.

Metro shpallari o‘rtacha 45 yil xizmat qiladi, ammo ular taxminan 25-30 yilda bir marta almashtiriladi. Doimiy almashtirish uchun imkoniyat yo‘q, shu sabab kimyoviy birikma bilan ishlov beriladi.

Nazar Beknazarov yo‘lovchi: – Moskva metrosida juda ko‘p bo‘lganman, lekin u yerda hid unchalik sezilmaydi, Toshkent metrosida u ancha kuchliroq. Ba’zan Toshkent metrosi yonidan o‘tayotganda «metroning hidini” hidlash uchun ham to‘xtayman. Umuman olganda, men uchun metro isi eng xushbo‘y hidlardan biridir.

Yana Samoxina: – Men asli toshkentlikman, metro hidini bolaligimdan beri juda yaxshi ko‘raman. Uyimga yetib olish uchun doim noqulay bo‘lsa ham metroda ketishga harakat qilaman.

Odamlarga metro hidining bu darajada yoqishiga sabab nimada?

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ehtimol, ko‘plab odamlarning bu hidga bo‘lgan sevgisi bolalikdan, temir yo‘l sarguzashtlari, sayohatlar va yangi makonni ochish bilan bog‘liq bo‘lgan xotiralar bo‘lishi mumkin ekan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!