Meksika prezidentlari yirik jinoiy guruhdan pora olib kelgani ma’lum bo‘ldi

Meksika prezidentlari yirik jinoiy guruhdan pora olib kelgani ma’lum bo‘ldi

Meksika prezidentlari narkotiklarning noqonuniy aylanmasi bilan shug‘ullanuvchi yirik jinoiy guruhdan pora olib kelgan. Bu haqda «Pakana» laqabli jinoyatchi Xoakin Gusmanning advokatining so‘zlariga asoslanib, «Exo Moskvi» xabar berdi.

Narkobaron Jeffri Lixtmanning advokati sudda jinoiy guruh mamlakatning sobiq prezidentlari, xususan amaldagi prezidentiga ham muntazam ravishda pul o‘tkazib kelganini ma’lum qildi.

Meksikaning sobiq prezidentlaridan biri Felipe Kalderon bu gap-so‘zlarni inkor etgan.

Qamoqdan bir necha marta qochgani bilan tanilgan «Pakana» yirik miqdordagi narkotiklarning noqonuniy aylanmasida, milliardlab dollar mablag‘ning o‘zlashtirilishida hamda o‘g‘rilikda ayblanmoqda.

Daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!