“Mehr-5” operasiyasi: Suriyada olib kelinganlar “Bo‘ston” sihatgohiga joylashtiriladi

“Mehr-5” operasiyasi: Suriyada olib kelinganlar “Bo‘ston” sihatgohiga joylashtiriladi

Kecha, Toshkent xalqaro aeroportiga “Mehr-5” operasiyasi doirasida Suriyada terrorchi guruhlarga qo‘shilib qolganlarning oila a’zolari — 24 nafar ayol va 69 nafar bolalar, jami 93 kishi olib kelindi.

"Dunyo" Axborot agentligining yozishicha, ushbu operasiya AQSh va boshqa hamkor davlatlarning ko‘magida amalga oshirilgan. Qaytarilganlar uch yildan ortiq vaqt davomida Suriyaning “Al-Xol” lagerida saqlangan. Qayd etilishicha, olib kelinganlar orasida 7 nafar yetim bola — ota-onasini yo‘qotganlar ham bor.

Endi ularning barchasi Toshkent viloyati “Bo‘ston” sihatgohiga joylashtiriladi va tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, ularga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar ham beriladi.
“Mehr-5” operasiyasi: Suriyada olib kelinganlar “Bo‘ston” sihatgohiga joylashtiriladi
“Mehr-5” operasiyasi: Suriyada olib kelinganlar “Bo‘ston” sihatgohiga joylashtiriladi
“Mehr-5” operasiyasi: Suriyada olib kelinganlar “Bo‘ston” sihatgohiga joylashtiriladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!