Mehnatga jalb etilgan mahkumlarga koloniyalardagi ish stajini ularning umumiy mehnat stajiga qo‘shib hisoblash rejalashtirilmoqda

Mehnatga jalb etilgan mahkumlarga koloniyalardagi ish stajini ularning umumiy mehnat stajiga qo‘shib hisoblash rejalashtirilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda. Bu haqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qonun loyihasi bilan manzil-koloniyalarda O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi, Soliq kodeksi hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Ya’ni, jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning, shu jumladan nogironligi bo‘lgan mahkumlarning huquq doirasi kengaytirilib, xalqaro huquq normalari bilan muvofiqlashtirilmoqda.

Shuningdek, jazoni ijro etish muassasalarida mehnatga jalb etilgan mahkumlarga koloniyalardagi ish stajini ularning umumiy mehnat stajiga qo‘shib hisoblash tartibi joriy etilmoqda.

Shu bilan birga, mahkumlarga rag‘batlantirish, muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish choralarini ko‘rish uchun asos bo‘ladigan mahkumning tuzalish yo‘liga o‘tganligini baholovchi aniq mezonlar belgilanyapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!