Maymunchechak virusi: yana ommaviy emlash boshlanadimi?

Maymunchechak virusi: yana ommaviy emlash boshlanadimi?

JSST vakili Richard Pibodining Reuters agentligiga ma’lum qilishicha, Afrikadan tashqarida maymunchechak epidemiyasi shoshilinch ommaviy emlashni talab qilmaydi.

Tashkilot shaxsiy gigiyena kasallikning tarqalishini nazorat qilishga yordam berishini qayd etdi.

“Eng muhimi, xavfsiz jinsiy aloqa, yaxshi gigiyena, muntazam qo‘l yuvish. Bularning barchasi virus tarqalishini cheklashga yordam beradi”, dedi u.

Pibodining ta’kidlashicha, darhol qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan vaksinalar va virusga qarshi dorilarni yetkazib berish cheklangan. Kontaktlarni kuzatish va karantin epidemiyaga qarshi kurashning asosiy choralari bo‘lishi kerak.

Shuningdek, virus “juda oson” tarqalmasligi va ayni damda kasallikning jiddiy holatlarini keltirib chiqarmagani xabar qilingan.

Olimlar ushbu kasallik atipik bo‘lgan mamlakatlarda infeksiyaning ko‘payishiga nima sabab bo‘lganini aniqlashga harakat qilmoqdalar. Shuningdek, nashrning yozishicha, mutaxassislarda virus mutasiyaga uchraganligi haqida hozircha dalillar yo‘q.

JSST ushbu kasallikka qarshi maxsus emlash yo‘qligini ta’kidlaydi, ammo chechakka qarshi oldingi emlash samaralidir. Maymunchechak odatda o‘z-o‘zidan o‘tib ketadigan kasallik bo‘lib, belgilari 14 dan 21 kungacha davom etadi.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 12 mamlakatda infeksiya holatlari tasdiqlangan.

Maymunchechak kamdan-kam uchraydigan virusli infeksiya bo‘lib, u odamlar orasida ham yuqadi. Bu odatda yengil holat bo‘lib, ko‘pchilik bir necha hafta ichida tuzalib ketadi, ammo ba’zilarida asoratlar paydo bo‘lishi mumkin. Maymunchechakning dastlabki belgilariga isitma, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, bel og‘rig‘i, shishgan limfa tugunlari, titroq va charchoq kiradi. Toshma paydo bo‘lishi mumkin, ko‘pincha yuzdan boshlanadi va keyin tananing boshqa qismlariga tarqaladi. Toshma o‘zgaradi va oxir-oqibat qoraqo‘tir hosil bo‘lishidan oldin turli bosqichlardan o‘tadi, keyinchalik u tushadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!