Mashinasini mustaqilligimizning 29 yilligiga moslab o‘zgartirgan haydovchiga chora ko‘rildi

Mashinasini mustaqilligimizning 29 yilligiga moslab o‘zgartirgan haydovchiga chora ko‘rildi

Avtomashinasining tusini o‘zgartirgan shovvozning harakatlariga chek qo‘yildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIV xabar berdi.

"1987 yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan T. F., 2020 yil 31 avgust kuni soat 10:40 larda Buxoro shahar B.Naqshband ko‘chasi bo‘ylab o‘z boshqaruvida bo‘lgan “Lasetti” rusumli 80 O 727 RA davlat raqam belgili transport vositasini O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bayrog‘i”  tusida bo‘yab o‘zgartirib, shaxsiga oid va boshqa tegishli hujjatlarsiz harakatlanib yurganligi sababli viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan to‘xtatilib, qonuniy chora ko‘rish uchun transport vositasi tegishli tartibda jarima maydonchasiga joylashtirildi", deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!