Marokashdagi suv toshqinlari qurbonlari soni 18 kishiga yetdi

Marokashdagi suv toshqinlari qurbonlari soni 18 kishiga yetdi

Marokash janubidagi Tata, Tiznit, Erraxidiya, Tinghir va Tarudant provinsiyalarida kuchli yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari kamida 18 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, deya ma’lum qildi rasmiylar.

Rasmiylarning qo‘shimcha qilishicha, shanba kuni mintaqadagi ko‘plab qishloqlarni suv bosganidan keyin yana kamida to‘rt kishi bedarak yo‘qolgan.

O‘lganlar orasida Ispaniya, Kanada va Perudan kelgan uch nafar chet el fuqarolari bor, deyiladi xabarda.

Suv toshqinlari oqibatida 56 ta uy vayron bo‘lgan, 110 ta yo‘l zarar ko‘rgan, shuningdek, elektr, suv ta’minoti va telefon tarmoqlari shikastlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!