Markaziy Osiyo terma jamoalarining eng qimmat futbolchilari e’lon qilindi

Markaziy Osiyo terma jamoalarining eng qimmat futbolchilari e’lon qilindi

Transfermarkt portali Markaziy Osiyo terma jamoalarining eng qimmat futbolchilari reytingini yangiladi.

Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisi Qozog‘iston terma jamoasi yarim himoyachisi Baxtiyor Zaynutdinov topildi. Uning narxi Turkiyaning “Beshiktosh” klubiga o‘tganidan keyin 6,5 million yevroga ko‘tarilgan, keyinroq esa 6 million yevroga tushgan.

Markaziy Osiyodagi eng qimmat darvozabon – tojikistonlik Rustam Yatimov. Uning transfer bahosi 900 ming yevroga ko‘tarildi. Portal reytingida ikki nafar o‘zbekistonlik darvozabon bor – 700 ming yevroga baholanayotgan Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”) va O‘tkir Yusupov (“Navbahor”).

O‘zbekiston milliy jamoasining hozirda eng qimmat futbolchilari esa – Eldor Shomurodov (5 mln yevro), Abbos Fayzullayev (4 mln yevro) va Aziz G‘aniyev (3 mln yevro).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!