«Ma’rifat», "Jamiyat", “Postda”, “Xabar”, “Toshkent haqiqati” kabi yuzdan ziyod gazeta va jurnallar sotuvga qo‘yildi (FOTO)

O‘zbekistonda ayrim yirik va mayda media axborot vositalarining davlat ulushi sotilmoqda. Ya’ni, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, bir qancha nashriyot, gazeta va kabel televideniyelari ochiq sotuvga qo‘yilgan. Bu haqda "rost24.uz" yozmoqda.

Sotuvga chiqarilgan axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi muassasalar ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi Milliy agentligiga tegishli «Infocom.uz», Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga 50 foizi qarashli bo‘lgan «Uzdigital TV» MCHJ kabi yirik tashkilotlar ham bor. 

Shuningdek, savdoda yirik kompaniyalar bilan birgalikda, ko‘pchilik tomonidan bugungi OAVning zamonaviy talablariga javob bera olmayapti, deya talqin qilinayotgan gazeta va jurnallar ham o‘rin olgan. 

«Ma’rifat», «Toshkent haqiqati», «Toshkent oqshomi», “Postda”,  «Xabar» gazetasi DUK shular jumlasidandir. Bundan tashqari ayrim davlat nashriyotlari, xususan, «Ma’naviyat nashriyoti» DUK ham ochiq savdoga qo‘yilgan. 

Davlat ulushi sotilayotgan nashriyot, kabel televideniyesi va gazetalarning umumiy soni 200 ga yaqin.

«Ma’rifat», "Jamiyat", “Postda”, “Xabar”, “Toshkent haqiqati” kabi yuzdan ziyod gazeta va jurnallar sotuvga qo‘yildi (FOTO)

«Ma’rifat», "Jamiyat", “Postda”, “Xabar”, “Toshkent haqiqati” kabi yuzdan ziyod gazeta va jurnallar sotuvga qo‘yildi (FOTO)

«Ma’rifat», "Jamiyat", “Postda”, “Xabar”, “Toshkent haqiqati” kabi yuzdan ziyod gazeta va jurnallar sotuvga qo‘yildi (FOTO)

«Ma’rifat», "Jamiyat", “Postda”, “Xabar”, “Toshkent haqiqati” kabi yuzdan ziyod gazeta va jurnallar sotuvga qo‘yildi (FOTO)

«Ma’rifat», "Jamiyat", “Postda”, “Xabar”, “Toshkent haqiqati” kabi yuzdan ziyod gazeta va jurnallar sotuvga qo‘yildi (FOTO)

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!