​​​​​​​Maradona Ispaniya terma jamoasini boshqarishi mumkin

​​​​​​​Maradona Ispaniya terma jamoasini boshqarishi mumkin

Futbol afsonasi Diyego Maradona Ispaniya terma jamoasini boshqarishi mumkin. Biroq buning bitta sharti bor: 59 yoshli argentinalik «Qizil furiya» jilovini qo‘lga olishi uchun avval Ispaniya futbol federasiyasi prezidentligiga Antonio Torres kelishi lozim.

Torres Maradona bilan muzokara olib borgani haqida «Marca» nashri yozdi. Mabodo Maradona Ispaniya milliy jamoasiga kelgan taqdirda, unga Qatarda 2022 yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida finalga chiqish vazifasi yuklatiladi.

Eslatib o‘tamiz, Maradona Argentina terma jamoasi tarkibida 1986 yili jahon chempioni bo‘lgan. 2008—2010 yillarda Argentina terma jamoasiga murabbiylik qilib, jahon birinchiligi chorak finaliga qadar olib chiqqan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!