"Manchester Yunayted" ukrainalik futbolchiga qiziqmoqda

"Manchester Yunayted" ukrainalik futbolchiga qiziqmoqda

"Everton" himoyachisi Vitaliy Mikolenkoga "Manchester Yunayted" e’tiborini qaratdi.

"Qizil iblislar" ukrainalik himoyachining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda va uni mudofaaning chap qanotini kuchaytirish uchun loyiq variant sifatida ko‘rishmoqda.

24 yoshli Mikolenko joriy mavsum barcha musobaqalarda 18ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

Ukrainalik himoyachining "Everton" bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!