"Manchester Yunayted" tarixidagi eng yaxshi 20 ta transfer nomi ma’lum qilindi

"Manchester Yunayted" tarixidagi eng yaxshi 20 ta transfer nomi ma’lum qilindi

FourFourTwo nashri tomonidan "MYu" qilgan eng yaxshi xaridlarning top yigirmataligi ma’lum qilindi. Ro‘yxatni ko‘rgan muxlislar anglaydiki, keltirilgan futbolchilarning hech biri 2013 yildan keyin sotib olinmagan. Ammo so‘nggi o‘n yilda bu jamoa 1.5 milliard funtni transferlar uchun ishlatgan. Katta pulga sotib olingan Pol Pogba Anxel Di Mariya, Jeydon Sancho va Xarri Maguayrlar tuzilga ro‘yxatga yaqin ham kela olishmadi. Xattoki, klub tarixida eng uzoq xizmat qilgan futbolchilardan biri bo‘lgan David De Xea ham 20 talikka kira olmadi. U 32 talik ro‘yxatning 23 pog‘onasidan joy oldi. Uning oldi va ketida Pol Ins va Ole Gunar Sulsher turibdi.

Birinchi o‘rinni kutilganidek Brayan Robson oldi. Sobiq yarim himoyachi "MYu" uchun jami 465 ta o‘yinda 100 ta gol urishga erishgandi. U 1981 yilda "Vest Brom"dan 1.5 million funtga sotib olinadi. Ikkinchi o‘rinni Denis Lou egallagan bo‘lib, u 1961 yilda "Torino"dan 115 ming funtga xarid qilinadi. Qirol nomi bilan mashhur hujumchi 11 yil davomida klubda 237 ta gol urishga erishgandi. Yana bir qirol nomiga munosib ko‘rilgan futbolchilardan biri bu hammamizga yaxshi tanish Erik Kantona. Fransuz 1991 yilda "Lids Yunayted"dan 1 million funtga transfer qilinadi.

Barcha davrning eng yaxshi to‘purari Ueyn Runi hamda afsonaviy darvozabon Piter Shmeyxel kuchli beshlikni yakunlaydi. Sobiq jamoa sardorlari Roy Kin va Rio Ferdinand mos ravishda olti va yettinchi o‘rinda joylashgan bo‘lsa, Ronaldu o‘zining 2003 yildagi transferi sababli sakkizinchi pog‘onaga qo‘yildi. Golland hujumchisi Rud van Nistelroy 219 ta o‘yindagi 150 ta goli bilan 9, Denis Irvin esa kuchli o‘nlikka yakun yasab bergan.

Hammamizga hozirda murabbiyligi bilan tanilga Stiv Bryus o‘zining 1987 yildagi transferi bilan keyingi o‘ringa joylashdi. 1950 yillar afsonasi Tommi Teylor esa 12 o‘rinda turibdi. Teylor o‘sha mash’um, 1958 yilgi Myunxen reysida fojiali halok bo‘lganlar safida edi.
Gari Pallister 13, ajoyib darvozabon Edvin van der Sar 14 hamda Nemanya Vidich 15 o‘ringa loyiq ko‘rilgan.
Brayan Makkleyr va Pol Makgart keyingi ikkita pog‘onani band etib kelgan bo‘lsa, Ser Aleksning sevimli shogirdladi bo‘lgan Maykl Karrik va Patris Evralar mos ravishda 18 va 19 o‘rinlarni egallagan. Ro‘yxatni 1975 yilda "Tranmir"dan sotib olingan va "MYu"ga sakkiz yil davomida yordam bergan Stiv Koppell yakunlab beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!