Yangi multimodal transport koridorini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi

Yangi multimodal transport koridorini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi

23 aprel kuni Termiz shahrida “Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” multimodal transport koridorini rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruhning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda davlatlarning transport vazirligi rahbarlari ishtirok etishdi.

“Uchrashuvda mazkur multimodal transport koridorini rivojlantirish yo‘li bilan Markaziy Osiyo va MDHga a’zo davlatlarni O‘zbekiston orqali Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan bog‘lash va O‘zbekistonning tranzit salohiyatini yanada oshirish masalalar muhokama qilindi”, – deyiladi xabarda.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘rtasida yo‘l xaritasi imzolangan. Mazkur yo‘l xaritasida yuk tashuvlarini rivojlantirish bo‘yicha aniq rejalarni amalga oshirish belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!