Maduro o‘ziga qarshi suiqasdni 20 million dollarga baholadi

Maduro o‘ziga qarshi suiqasdni 20 million dollarga baholadi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro o‘tgan yili o‘ziga qarshi uyushtirilgan suiqasd uchun 20 million dollar to‘langanini ma’lum qildi. «Kommersant’»ning xabar berishicha, suiqasd uyushtirish tashkilotchisi sifatida u yana muxolifatchi Xulio Borxesni ko‘rsatdi.

«Suiqasd qilishga qaratilgan 4 avgustdagi harakatlar uchun 20 million dollar va’da qilingan», degan harbiylar oldida so‘zga chiqqan Maduro. Uning nutqidan olingan parcha prezidentning Twitter’dagi sahifasida ham keltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Nikolas Maduroga nutq so‘zlayotgan paytda portlovchi moslama o‘rnatilgan ikkita dron orqali hujum qilishga urinishgan, lekin bu amalga oshmagan. Prezident qo‘riqchilaridan bo‘lgan merganlar uchib kelayotgan dronni urib tushirgan.

Shundan so‘ng Venesuela prezidenti suiqasdda Kolumbiya va muholifatni ayblagan. Suiqasdda gumonlangan shaxs o‘z joniga qasd qilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!