Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ayni damda Istanbulda

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ayni damda Istanbulda

Madaniyat vazirligi buyurtmasiga binoan turk kino ijodkorlari bilan hamkorlikda “Mendirman Jaloliddin” seriali suratga olinmoqda. Ushbu tarixiy filmga mahoratli aktyor va aktrisalar jalb etilgan. Mazkur film jarayonlarining borishi va tashkiliy masalalar yuzasidan suhbatlashish maqsadida O.Nazarbekov Turkiya  safarining ilk kuniyoq “Bo‘zdag‘ film” rahbari, Mehmed Bo‘zdag‘ bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

“Asosiysi ushbu filmni turkiy xalqlari tarixidan so‘zlovchi, uning madaniyati, insoniyligi kabi fazilatlarini namoyon eta oluvchi durdona asar sifatida nafakat turkiy millatlar, balki, butun dunyo xalqlariga tuhfa eta olishimiz zarur. Jaloliddin Manguberdi obrazi juda nozik va biz uni uvol qilib qo‘ymasligimiz kerak” - dedi O.Nazarbekov
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!