Lukashenko: "Biz bir emas, bir nechta pandemiyaga qarshi kurashyapmiz"

Lukashenko: "Biz bir emas, bir nechta pandemiyaga qarshi kurashyapmiz"

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning ta’kidlashicha, mamlakat bir nechta pandemiya bilan kurashmoqda va muammolar atayin "yaqin aka-ukalar" tomonidan uyushtirilmoqda.

BelTA ma’lumotlariga ko‘ra, Lukashenko dushanba kuni KGB rahbari Valeriy Vakulchik bilan uchrashuvda, aslida, mamlakatda bir nechta "pandemiya" ro‘y berayotganini aytdi. "Sog‘liqni saqlash sohasidagi pandemiya. Xudoga shukurki, biz buni asta-sekin yengyapmiz. Buni inkor etolmaysiz", — dedi prezident.

"Saylovlar munosabati bilan bizga siyosiy pandemiya qo‘yildi, iqtisodiy pandemiya (dunyodagi inqiroz bizning aybimiz emas, bizning baxtsizligimiz). Boshqa bir qator pandemiyalar chegaralarimiz atrofida kezib yuribdi. Biz bu pandemiklar bilan yonma-yonmiz. Ularni yengish kerak.

Hali axborot pandemiyasini aytmadim. Boshqa barcha pandemiyalar aynan axborot pandemiyasidan boshlanadi. Birodarlarimiz ommaviy axborot vositalari orqali muammo yaratishga urinmoqda. Ammo biz hammasini ko‘rib turibmiz", — deya qo‘shimcha qildi Belarus rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!