Lola hayotidagi inqiroz, ushalmagan orzular va o‘lim haqida gapirdi

Lola hayotidagi inqiroz, ushalmagan orzular va o‘lim haqida gapirdi

“Men inqirozlarni yaxshi ko‘raman. Ular bizni oldinga intilish hamda hayotimizdagi hal qiluvchi qarorlarni qabul qilishga majburlaydi.

Mening hayotimda ikkita shunday burilishlar yuz bergan. Birinchisi, 2010 yilda ajrashishga qaror qilib, shunday qilganimda bo‘lgan. O‘shanda nimani his etganman? Men tug‘ilganman, aniqrog‘i, qayta tug‘ilganman.

Ikkinchisi, 2017 yilda turmushga chiqib, Moskvaga ko‘chib ketganimda yuz bergan. Bu biroz qo‘rqinchli bo‘lgan, lekin hammasi yaxshilik bilan tugadi va hozirgi kungacha davom etmoqda: Men har kuni sevgan insonim bilan uyquga ketaman, ajoyib farishtaning onasi bo‘ldim, katta oila va yaxshi do‘stlarga ega bo‘ldim.

Amalga oshirilmagan istaklarim har kuni qulog‘imga shivirlarmoqda: “Ey, ertaga biz hammamiz vafot etsak-chi? Sen esa Betxovenning 5-simfoniyasini chalishni, fransuz tilini o‘rganmading, shpagatga o‘tirib ko‘rmading”, — deb yozadi Lola.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!