Levandovski 3-bor Polshada yil sportchisi deb topildi

Levandovski 3-bor Polshada yil sportchisi deb topildi

«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski Polshada 2021 yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi.

Sovrin 1926 yildan beri Przeglad Sportowy tomonidan topshiriladi.

Da’vogarlar orasida 20 sportchi bor edi. G‘olib ovoz berish yo‘li bilan aniqlandi.

Levandovski 3-bor ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi. U 2015 va 2020 yillarda ham g‘olib bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli hujumchi 2021 yilda Bundesliga va Germaniya Superkubogida g‘olib bo‘ldi, top-5 ligada eng ko‘p gol (69) urgan futbolchiga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!