Kursk viloyatining 240 dan ortiq aholisi Ukraina qurolli kuchlarining bostirib kirishi tufayli jabr ko‘rdi

Kursk viloyatining 240 dan ortiq aholisi Ukraina qurolli kuchlarining bostirib kirishi tufayli jabr ko‘rdi

Ukraina qurolli kuchlarining Kursk viloyatiga bostirib kirishidan bir oydan ortiq vaqt o‘tib Kursk viloyatining 240 dan ortiq aholisi jarohat oldi . Bu haqda Kursk viloyati sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Pavel Alimenko brifing chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi «TASS» .

Ukraina harbiylari 6 avgust kuni Rossiya hududiga bostirib kirdi.

«Jami 2024 yilning 6 avgustida Kursk viloyatida o‘qqa tutilishi natijasida 243 nafar tinch aholi, shu jumladan, 11 nafar bola jarohatlangan», — dedi Alimenko.

Ayni paytda 38 bemor stasionarda davolanmoqda, ulardan bir nafari bola.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!