Ko‘cha zo‘ravonlariga sud tomonidan jazo tayinlandi

Ko‘cha zo‘ravonlariga sud tomonidan jazo tayinlandi

Sudlanuvchi N.A qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga kirib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat joyida jabrlanuvchini urib-do‘pposlab, qasddan badanga o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazib, bezorilik jinoyatini sodir qilgan.

Jumladan, u 2020 yil 27 sentyabr kuni soat taxminan 22:30 larda jamoat joyi hisoblangan Buxoro shaxar B.Naqshband ko‘chasida joylashgan “Chinor” restorani yaqinida transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘lning qatnov qismida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, fuqaro SH.H bilan o‘zaro janjallashib, janjal paytida SH.Xning yuz sohasiga qo‘l va oyoqlari bilan qasddan urib, do‘pposlab o‘rta og‘ir tan jaroxati yetkazgan.

Sudlanuvchi N.A yuqoridagi harakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilgan.

Sudlanuvchi N.A u 2020 yil 27 sentyabr kuni soat taxminan 22-00 larda o‘ziga tanish bo‘lgan U.Raxmonov uni Buxoro shahar M.Ambar ko‘chasida joylashgan “Oxun” mehmonxonasiga oziq-ovqat maxsulotlarini olib kelib berishini iltimos qilganligini, shundan so‘ng o‘zi tanishi Mariya bilan birgalikda oziq-ovqat maxsulotlarini olib “Oxun” mehmonxonasiga borib, Mariyaga tashqarida kutib turishini aytib, o‘zi mehmonxonaga kirib ketganligini, mehmonxonadan tashqariga chiqqanida Mariya unga ismini keyinchalik bilgan SH.H mehmonxonadan chiqib ketaverishida Mariyaga “barmog‘ingni so‘rma” deb gap otib ketganligini ko‘rib, SH.H o‘rtoqlarini orqasidan ketib “Chinor” restorani oldiga yetganida, o‘zi ularning orqasidan borib, SH.Hga nega o‘zining tanishi Mariyaga gap otib ketishini so‘raganida SH.H unga uni ishi bo‘lmasligini aytib nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilganidan so‘ng o‘zi bu gaplarga chiday olmasdan jahli chiqib o‘zi SH.Hni qo‘li va oyoqlari bilan yuz qismiga bir necha marotaba urib tan jarohati yetkazganligini, shu vaqtda ularning oldiga o‘zining tanishlari U.Raxmonov va N.Tojiyevlar kelib, N.Tojiyev H.Sharifovning oldida bo‘lgan o‘rtog‘i Jaxongirni yuzidan bir tarsaki urgani, U.Raxmonov esa H.Sharifovning oldida bo‘lgan o‘rtog‘i Damir ismi bolanioyoqlari bilan tepganligini, shu vaqda o‘zi ham janjalga qo‘shilmoqchi bo‘lgan H.Sharifovning o‘rtog‘i Damirni yuz qismidan bir musht urganligini, keyinchalik IIB xodimlari kelib ularni ajratib IIB Binosiga olib ketishganligini, hozirda qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymonda ekanligini, aybini tushunib yetganligini, yoshligini inobatga olib sud sudlanuvchiga nisbatan shaxsiga va qilgan jinoyatigi mos jazo tayinladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!