Koronavirusning paydo bo‘lishini taxmin qilgan shifokor uni kamaytirish yo‘lini ma’lum qildi

Koronavirusning paydo bo‘lishini taxmin qilgan shifokor uni kamaytirish yo‘lini ma’lum qildi

Kuchli pandemiya haqida ogohlantirgan amerikalik epidemiolog Larri Brilliant “Wired” jurnaliga COVID-19 kasalligini qanday kamaytirish haqida gapirib berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, chechak, gripp, poliomiyelitni yo‘q qilish paytida to‘plangan tajribadan foydalangan va xavf haqida dunyo hamjamiyatini ogohlantirmoqchi bo‘lgan shifokor 2006 yilda kelajakda insoniyatni misli ko‘rilmagan global epidemiya kutayotganini ta’kidlagan.

"Milliardlab insonlar kasallanadi. Taxminan 165 million odam nobud bo‘ladi. Dunyo miqyosidagi tanazzul ro‘y beradi. Birdaniga uch trillion dollargacha iqtisodiyotimizga yetadigan zarar hamma uchun yuz million o‘limdan ko‘ra og‘irroq bo‘ladi", - degan edi shifokor.

“Wired” jurnali muxbirlari epidemiolog bilan yana bir bor suhbatlashib, yangi koronavirusning hozirgi pandemiyasi qachon to‘xtashini bilishga harakat qilishdi.

Brilliantning ta’kidlashicha, butun epidemiologik hamjamiyat uzoq vaqt davomida keng ko‘lamli pandemiya kelishi haqida gapirishgan va bilishgan. Ammo muammo uning qachon boshlanishida bo‘lgan.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, odamlarning ushbu xastalikka hali immuniteti yo‘qligi bois koronavirus "butun hayotimizdagi eng xavfli pandemiya" bo‘ladi.

"Bu esa o‘z navbatida, koronavirus 7,8 milliard aholining virusni yuqtirishiga olib keladi", deya ta’kidlagan shifokor butun dunyo bo‘ylab rasmiylar tomonidan odamlarning harakatini cheklash, karantin choralarini ko‘rish kabi qilinayotgan keng ko‘lamli ishlari ayni muddao bo‘layotganligini qo‘shimcha qildi.

Shifokorning qayd etishicha, bunday choralar olimlarga yangi koronavirusga qarshi vaksina yaratishga vaqt beradi.

Epidemiolog aholining keng qamrovli tekshiruv va nazorat ostiga olinishi qanchalar muhimligiga e’tibor qaratdi va "Bunday paytda sinovlar sezilarli rol o‘ynashi mumkin. Chunki ayni shu jarayon virusning, aslida, qayerdan paydo bo‘lganligini tushunishga ko‘maklashadi", deya o‘z fikrini bayon qildi.

Va nihoyat, shifokorning alohida qayd etishicha, virusni yengish uchun, avvalambor, odamlar uning tarqalish darajasini va xavfini tushunishlari lozim.

Keyin esa albatta, vaksina ishlab chiqilishi hamda shu yo‘l bilan insonlarda virusga qarshi immunitet hosil qilinishi kerak ekan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!