Koronavirusning ikkinchi to‘lqini ancha halokatli bo‘lishi mumkin — olimlar

Koronavirusning ikkinchi to‘lqini ancha halokatli bo‘lishi mumkin — olimlar

Britaniya Tibbiyot fanlari akademiyasining taxmin qilishicha, qishda koronavirusning ikkinchi to‘lqini mamlakatni qamrab olishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, qat’iy choralar ko‘rilmasa, bu to‘lqin birinchi darajadan ko‘ra halokatli bo‘lib, 120 mingga yaqin odamni o‘ldiradi.

"Kasalxonaga yotqizilish va o‘lim hollari soni 2021 yil yanvar va fevral oylarida eng yuqori bo‘ladi, bu 2020 yil bahorida birinchi to‘lqinga o‘xshash yoki undan ham yomonroq", – deyiladi tadqiqotda.

Shu munosabat bilan shifokorlar rasmiylarni endi ikkinchi to‘lqinga tayyorgarlik ko‘rishga, jumladan karantin choralari haqida o‘ylashga chorlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!