Koronavirusning Hindistonda tarqalgan turi ancha "qo‘rqinchli" – JSST

Koronavirusning Hindistonda tarqalgan turi ancha "qo‘rqinchli" – JSST

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Hindistonda topilgan koronavirusning B. 1.617 variantini "qo‘rqinchli" deb tasnifladi, deb xabar berdi Deutsche Welle.

B. 1.617 yuqumli va antitanachalarga "befarq" ekanligi haqida dalillar mavjud, dedi JSST mutaxassisi Mariya van Kerxov.

«Shuning uchun biz uni xavfli variant sifatida tasniflaymiz. Ammo B. 1.617ni vaksinalarga nisbatan ancha chidamli deb aytish hali erta», dedi u.

Tadqiqotning dastlabki natijalari shuni ko‘rsatdiki, B. 1.617 Hindistonda aylanib yuradigan koronavirusning boshqa variantlariga nisbatan tez tarqalmoqda. Ammo, JSST uchun ushbu mutasiya shu paytgacha faqat "qiziqish" sifatida qabul qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!