Koronavirusni bir daqiqada o‘ldiradigan sprey yaratildi

Koronavirusni bir daqiqada o‘ldiradigan sprey yaratildi

Mazkur vosita Turkiyaning Bursa shahridagi «Uludag‘» universiteti mikrobiologiya kafedrasi xodimlari tomonidan yaratildi, deb yozadi Daily Sabah.

"Genoxyn" nomi berilgan sprey professor Shexime Gyulsyun Temel va doktorlar — Axmet Yumit Sabanji va Gyuneyt Ozakin tomonidan tayyorlandi.

Ularning aytishicha, tadqiqotlar davomida mazkur malham og‘iz va burun to‘qimalaridagi virusni yo‘q qilgan. Bu esa infeksiya tarqalishiga to‘siq bo‘lib, uning sonini kamaytirgan.

Professor Temel Genoxyn shilliq pardaning epitelial to‘qimasiga mutlaqo zararsiz ekanligi, aksincha, bu borada ham shifobaxsh xususiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Preparat nanotexnologiyalar yordamida takomillashtirilgandan so‘ng, uning samarasi yanada barqarorlik kasb etgan hamda ma’lum molekulalarga uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatishni boshlagan. Turk olimlarining aytishicha, sprey nafaqat "Covid-19", balki turli bakteriyalar va teri kasalliklarini davolashda ham yuqori samaradorlik ko‘rsatyapti.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!