"Koronavirusga qarshi vaksina olishni istamaganlar qamaladi" — Duterte

"Koronavirusga qarshi vaksina olishni istamaganlar qamaladi" — Duterte

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte koronavirusga qarshi emlashni rad etgan odamlarni qamoqxonaga yuborish bilan tahdid qildi, chunki mamlakatda delta variantining yangi holatlari ko‘paymoqda.

"Siz tanlashingiz mumkin: emlaning yoki men sizni qamoqqa yuboraman", dedi Duterte matbuot anjumani paytida.

Bundan tashqari, Duterte pandemiya paytida karantin cheklovlarini buzgani uchun sudlangan filippinliklarni otib tashlash bilan tahdid qilgan.

Vaksinalarni kuzatish tizimiga ko‘ra, mamlakatning 110 million aholisidan atigi 1,95 foizi to‘liq emlangan.

Dushanba kungi holatga ko‘ra Filippinda 1,3 million kishi koronavirusga chalingan, ularning 56 mingi hamon davolanmoqda.

Dutertening ta’kidlashicha, emlashdan bosh tortganlar shunchaki mamlakatni tark etib, yoki Hindistonga, yoki AQShga borishlari kerak.

Seshanba kuni o‘tkazilgan matbuot brifingida Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Mirna Kabotayning ta’kidlashicha, prezidentning tahdidi "g‘azab bilan aytilgan" va bu uning filippinliklarni "himoya qilish" istagi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilishi kerak.

Ammo seshanba kuni o‘tkazilgan press-brifingda Prezidentning matbuot kotibi Garri Rok vaksinasiyani majburiy qilishi mumkin bo‘lgan qoidalar mavjudligini va davlat "emlashni qonun bilan majburiy qilishga haqli" ekanligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!