Koronavirusga chalingan samarqandlik bemor qancha odamga virus yuqtirgan?

Koronavirusga chalingan samarqandlik bemor qancha odamga virus yuqtirgan?

Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar 3 nafarga yetdi. Bu haqda «Daryo»ga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, koronavirusga chalingan birinchi bemor bilan muloqotda bo‘lgan yana ikki nafar fuqaroda COVID-19 infeksiyasi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyatida yashovchi fuqaro 2020 yil 4 aprel kuni tomoq og‘rishi va tana haroratining ko‘tarilishi bilan yashash hududidagi poliklinikaga murojaat qilgandi. Unda koronavirus aniqlangach, bemorning katta korxona boshqaruvchisi ekanligi aytilib, u bilan muloqotda bo‘lgan 200 kishi karantinga olindi.

Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan yana 325 nafar fuqaro Oqdaryo tumanidagi «Ustoz» sanatoriysi, Samarqand tumanidagi viloyat salomatlikni tiklash shifoxonasi hamda Payariq tumani tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga joylashtirilgan. Ularning salomatligi ustidan tibbiy nazorat o‘rnatilgan.

Hozirda shifokorlar va mutaxassislar tomonidan bemorlarni belgilangan standartlar bo‘yicha davolash hamda epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!