Koronavirusdan saqlanishning o‘n qoidasi

 Koronavirusdan saqlanishning o‘n qoidasi

Tibbiyot fanlari doktori Dilobar Mirrahimova “Shifo info” gazetasiga koronavirus kasalligidan saqlanishning eng oddiy o‘n usulini sanab berdi. 

Qo‘llaringizni toza tuting, tez-tez sovun bilan yuvib turing.

✅ Qo‘llaringiz bilan yuz-ko‘zingiz va og‘zingizga tegib ketmaslikka harakat qiling.

✅ Agor mehnat faoliyatingizni davom ettirayotgan bo‘lsangiz, hodimlar bilan qo‘l berib ko‘rishmang.

✅ Atrofingizdagi xodimlardan maxsus niqob taqib yurishini talab qiling.

✅  Xodimlar bilan o‘zaro masofa ikki metrdan yaqin bo‘lmasligi kerak.

✅  Tushlik vaqtida ham alohida o‘tirib ovqatlanishga harakat qiling.

✅  Ishlaydigan xonangizning havosini tez-tez almashtirib turing.

✅  Telefon, kompyuter, televizor pultlari, eshik dastalarini maxsus suyuqliklar bilan dezinfeksiya qiling.

✅  Ko‘chadan uyga kirgandan so‘ng, albatta, yuz-qo‘llaringizni sovun bilan yaxshilab yuving.

✅ Gigiyena vositalarini shaxsiy tarzda ishlating.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!